Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 4 yilligi munosabati bilan xayrli tashabbus!
Respublika bolalar ortopediya markazida mahalliy va xorijlik shifokorlar ishtirokida “Nоmukammal osteogenez: O‘zbekiston va xalqaro tajriba” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida tibbiy tajriba almashinuvi, bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bolajonlar uchun quvonch va mehrga to‘la, bayramona kayfiyatni aks ettiruvchi unutilmas lahzalar jamlangan videorolikka e’tiboringizni havola etamiz.